September 27

Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" tadbirlari o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan 2025-yil 25-sentabr kuni universitet Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" doirasida bir qator davra suhbati, sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi professorlari f.f.d(DSc) M.H.Xamidova, f.f.d(DSc) O.I.Adizova, kafedra katta o'qituvchisi, f.f.f.d (PhD) M.X.Jabbarova hamda o'qituvchilar N.N.Abdullayeva va Sh.D.Xolovalar tomonidan "Ajdodlarga munosib avlod bo'laylik", "Xalqaro grantlar va ularga erishishning muvaffaqiyat kaliti", "Kitobxonlik davr talabi", "Zamonaviy texnologiyalarning mustaqil ta'limdagi o'rni" kabi mavzularda talaba qizlar bilan davra suhbatlari tashkil etildi. Qizg'in savol-javoblar asosida tashkil etilgan suhbat davomida talabalarning muammolari atroflicha o'rganildi, kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida shaxmat-shashka musobaqasi ham tashkil etilib, talabalarni ham jismonan, ham aqlan, ham ruhan sog'lom bo'lishlarida sportning o'rni eslatildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.