"Yosh xotin-qizlarning kiyinish madaniyati, axloqi, oila estetikasi va milliy qadriyatlar" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida 2024 yil 15-oktyabr sanasida 1-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1FRA-24 guruh talabalari bilan "Yosh xotin-qizlarning kiyinish madaniyati, axloqi, oila estetikasi va milliy qadriyatlar" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova talaba qizlarga mavzu yuzasidan kerakli tavsiya va ma'lumotlar berdi.
Kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo‘lgan e’tibor va talab ham o‘zgarib bormoqda.
Yaxshi kiyinish ham o'ziga xos san'at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo'ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma'lum sharoitga munosib, kishining mashg'uloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo'lishi mumkin.
Moda deganda muayyan ijtimoiy guruh, kishilar orasida ularning ta'biga, didiga mos kiyinish odatining ma'lum vaqtgacha urf bo'lishi tushuniladi. Moda liboslarning o'zgarishigina bo'lib qolmay, o'ziga xos estetik uslubni qidirib topish, yurish-turish tarzi, did va ichki madaniyatning namoyon bo'lishi hamdir. Moda uzoq tarixga ega. Ko'pgina mutaxassislar moda XIV asrda vujudga kelgan deb taxmin qiladilar. Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim do'ppi, ro'mol, oyoq kiyimi mahsi, kavush, ich kiyim-ko'ylak, ust kiyim- kaltacha, kamzul, nimcha, chopon bo'lgan.
Davra suhbati davomida talabalar o'zbek ayollarining an'anaviy kiyimlari, Buxoro hududiga xos milliy liboslar haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.