April 18
Ark qo'rg'onida sayyor dars.
Joriy yilning 16-aprel sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Ikromova L.B. tomonidan Filologiya va tillarni oʻqitish(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-3 ING-23 guruh talabalari bilan Buxoro shahrining eski shahar qismida joylashgan Ark qoʻrgʻoniga sayyor dars tashkil etildi.
Sayyor dars davomida talabalar tomonidan ushbu qo’rg’on haqida tarixiy ma’lumotlar berildi. Sayyor dars davomida muzeylarni tomosha qilish barobarida ularning tarixiga ham qiziqdilar. Buxoro shahrining qadimiy va tarixiy durdonasi hisoblangan Ark qoʻrgʻonining tarixi, o‘sha davr madaniyati bilan yetarlicha tanishdilar.