December 12

Siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi.

2025-yil 12-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida professor-o'qituvchilar ishtirokida Siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi.

Navbatdagi “Siyosiy ma’rifat soati” da kafedra a’zolariga Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Respublikamiz va xorijda roʻy bergan boshqa voqealar tafsilotlari yetkazildi. Shundan soʻng kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha mas’uli Sh.D.Xolova hamda kafedra professor-o‘qituvchilari M.H.Xamidova, B.N.Sayfullayev, Sh.R.To‘yboyeva va R.R.Radjabovning  Respublikamizda hafta davomida roʻy bergan eng muhim va ahamiyatga molik bolgan voqealariga doir  fikr-mulohazalari tinglandi. Siyosiy ma’rifat soatining asosiy maqsadi ishtirokchilarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan xabardor qilish hamda dunyoda yuz berayotgan dolzarb siyosiy jarayonlar haqida keng qamrovli tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.