February 27

Buxoro amirlarining yozgi saroyi -  Sitorai Moxi Xossada sayyor dars.

Joriy yilning 26-fevral kuni Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi Tairova Mavluda Xamidovna tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-4 FRA-21 guruhi talabalari bilan Buxoro shahrining diqqatga sazovor bo’lgan qadimiy yodgorliklardan biri Buxoro amirlarining yozgi saroyi Sitorai Moxi Xossa bo’ylab sayyor dars tashkil etildi.

Dars davomida talabalar qadimiy obidalar haqidagi ma’lumotlarni bayon qildilar. Dars so’ngida o’qituvchi tomonidan talabalarga o’zbek hamda fransuz tilida qo’shimcha qiziqarli ma’lumotlar berildi. Oʻylaymizki, bunday sayyor darslarning olib borilishi ularning kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishida oʻzining ijobiy natijasini ko’rsatadi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.