December 25, 2024

Tillarni o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyasi fanidan sayyor seminar dars mashg'uloti o'tkazildi. 

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d.(DSc) M.X.Hamidova tomonidan 2024 yil 24-dekabr sanasida 3-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishidagi 11-1,2,3Fra-22 guruh talabalari bilan sayyor seminar dars mashg'uloti tashkil etildi.

Tillarni o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyasi fanidan sayyor dars sifatida tashkil etilgan mazkur seminar mashg'ulotida Kitobxonlik madaniyati, xorijiy tillarni o'qitishda darsliklar bilan ishlash, darslarni samarali o'tishida bosma adabiyotlardan unumli foydalanish haqida so'z bordi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.