“Oila - Ma’naviyat beshigi” mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2025-yil 13-may sanasida "Oila-Ma'naviyat beshigi" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra professor-o'qituvchilari o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi yalpi yig‘ilishida 1994-yildan boshlab 15-may kunini- Xalqaro oila kuni deb belgilangan. Bugungi kunda xalqaro oila kunini keng nishonlash mamlakatimizda ham an'ana tusiga kirib ulgurgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo‘ylab keng nishonlanishi belgilab qo‘yildi. Xalqaro oilalar kunini o‘tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog‘liq muammolarga qaratishdir.