"Organiser des discussions et des débats sur les vacances" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Lingvistika (Fransuz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Gulyamova Ruhangiz tomonidan 2025 yil 11-mart kuni Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-3Fra-22 guruh talabalari bilan Madaniyatlararo muloqot fanidan "Organiser des discussions et des débats sur les vacances" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq darsda bir qator interfaol usullardan foydalanildi. Talabalarning fransuz tilida muloqot qilish ko'nikmasiga asosiy e'tibor qaratilgan ushbu mashg'ulot davomida bir nechta qiziqarli topshiriqlar bajarildi. Guruhda sog'lom raqobat muhiti yaratildi, xatolar tekshirib, tushuntirildi.
Magistrning ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi professorlari: f.f.d.(DSc) M.H.Xamidova, f.f.d.(DSc) O.I.Adizova, f.f.f.d.(PhD) M.M.Jo'rayeva, N.I.Hayatova hamda 2-bosqich magistrantlari ishtirok etishdi.