April 28

Universitet Talabalar turar joyida ‘’Milliy - ma’naviy hamda umuminsoniy qadriyatlar’’ hamda ’’Ommaviy madaniyat talqini’’ mavzularida davra suhbati o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professor – o’qituvchilari  Jabbarova Maloxat Xamdamovna , Rustamova Feruzabonu Ilhomovnalar  tomonidan  Talabalar turar joyida 2025-yil 23-aprel kuni Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) talim yo’nalishi talabalari bilan ’’Milliy - ma’naviy hamda umuminsoniy qadriyatlar’’ va ’’Ommaviy madaniyat talqini’’ mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida o’qituvchilar talabalarga belgilangan mavzularda ma’lumotlar berishdi.

Umuminsoniy qadriyatlar – jahondagi barcha odamlar, xalqlar va davlatlar uchun umumiy qadrlash mezoni hosoblangan, umumbashariy ahamiyatga ega boʻlgan qadriyatlar tizimini ifoda etadigan tushuncha. Umuminsoniy qadriyatlar nihoyatda keng koʻlamli va serqirra tushnchadir. U ozodlik, erkinlik, tinchlik, baxt-saodat kabi umumijtimoiy maʼno-mazmun kasb etadigan tushunchalardangina iborat emas. Uni faqat madaniy boyliklar sifatida tushunishni ham maqsadga muvofiq, deb boʻlmaydi. Shu bilan birga, muayyan milliy, etnik va boshqa xususiy qadriyat tizimlari ham umuminsoniy qadriyatlarning oʻrnini bosa olmaydi.

Ommaviy madaniyat – madaniyatning murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan oʻziga xos shakli. Ommaviy madaniyatni Gʻarb madaniyati bilan bogʻliq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni gʻoyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida baholash keng tarqalgan. Ayni paytda, folklor, xalq madaniyati ham ommaviy madaniyat koʻrinishlari sifatida talqin qilinadi. Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega. Ommaviy madaniyat paydo boʻlishining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlari yirik sanoat ishlab chiqarishining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Yirik sanoat rivoji yollanma ishchilarga zaruratni tugʻdirgan boʻlsa, feodal jamiyatning anʼanaviy ijtimoiy tuzilmasining yemirilishi odatiy mehnatdan ayrilgan kishilar ommasini vujudga keltirib, ana shu ehtiyojni qondirishga xizmat qildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.