"Kafedra kunlari" doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan univesitet Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan "Odob-axloq odamning ziynati" mavzusida davra suhbati hamda Besh tashabbus doirasida "Sport va yoshlar" mavzusida bellashuv tashkil etildi.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbir Fransuz filologiyasi kafedrasi professorlari: f.f.d.(DSc) M.H.Xamidova, f.f.d.(DSc) O.I.Adizova, katta o'qituvchi M.X.Tairova, D.B.Narzullayeva, N.I.Hayatova tomonidan tashkil etildi va yuqori saviyada o'tkazildi. Tadbir davomida yoshlarga Universitetda odob-axloq qoidalari, insonning ma'naviy qiyofasi, xulq-atvor barkamolligi barcha yaxshiliklar asosi ekanligi ta'kidlandi.
Kun davomida "Sport - sog'lik garovi" shiori ostida stol tennisi va shaxmat-shashka musobaqalari ham tashkil etilib, talabalar bo'sh vaqtlari mazmunli tashkil etildi.