November 1
Sayyor dars o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish(fransuztili)ta'lim yo'nalishi 2-bosqich 11-1Fra-24 guruhida 2025-yil 29-oktabr kuni O'qish va yozish amaliyoti fanidan sayyor dars tashkil etildi.
Ma'naviy va ma'rifiy ozuqa beruvchi tashrif chog'ida talabalar Buxoro viloyat musiqali drama teatri hamda u joylashgan Istirohat bog'ida bo'lib, o'rganilgan leksik, grammatik hamda fonetik bilimlarni noodatiy muhitda, tabiat qo'ynida amaliy mustahkamlashga muvaffaq bo'ldilar.