"Navro'z - yangi kun" mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi.
2025 yil 18-mart kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Navro'z - yangi kun" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etib, ushbu bayramning tarixi, ahamiyati haqida ma'lumot berdilar.
Xalqimizning tarixi, tushuncha va tasavvurlari, asriy an’ana va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami yer yuzidagi eng qadimiy bayramlardan biri hisoblanadi.
Navro‘z — bu uyg‘onish, yangi fasldan darakdir.Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bayram 3 ming yildan ortiq tarixga ega.
Asrlar davomida xalqimiz tomonidan nishonlanib kelinadigan eng qadimiy va bahoriy bayramlardan biri bu – Navro‘zdir. Ushbu bayram zamirida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analari, qadriyatlari mujassam bo‘lib, mustaqillik yillarida ular qayta tiklandi va yangicha tus oldi.
Navro‘z bayrami dunyodagi eng ko‘hna bayram sanalib, bir qator Sharq xalqlari hamda Yevropaning ayrim mintaqalarida keng nishonlanib kelinadi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda Navro‘z bayrami rasman 1990 yildan boshlab keng nishonlanib kelinadi. Shuningdek, ushbu yildan e’tiboran, 21 mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami va dam olish kuni sifatida belgilandi.
Mazkur bayram 2009 yil 30 sentyabrda insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi sifatida YuNESKO tomonidan umumjahon nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, “Navro‘z” — bu asrlar davomida xalqimizning ijtimoiy hayotida muhim o‘ringa ega bo‘lgan, aholining kundalik turmush tarzi, ehtiyojlari hamda azaliy urf-odatlarini o‘zida mujassam qilgan noyob bayramdir. Ushbu bayramga davlat darajasida e’tibor qaratilishi uningijtimoiy ahamiyati haqiqatdan ham yuqori ekanligidan dalolat beradi.