Pedagogik amaliyotda Ustozlar kuni tadbiri.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishidagi 11-4FRA-21 guruh talabalari kafedra katta o'qituvchisi Tairova M.X. rahbarligida joylarda Pedagogik amaliyotni samarali davom ettirmoqdalar. Jumladan, ushbu guruhi talabasi Sharipova Moxichexra Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 10-maktabning 1-B sinf o'quvchilari bilan birgalikda 1-oktabr "O'qituvchilar va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan ma'naviy -ma'rifiy tadbir tashkil qildi.
Tadbirga maktabning Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor muovini hamda fransuz tili fani o'qituvchilari o'qituvchilari tashrif buyurishdi. Badiiy kecha davomida 1-B sinf o'quvchilari tomonidan bir-biridan go'zal qo'shiq va she'rlar aytildi.
Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish, muallimlar, murabbiylar nufuzini, jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.