February 3

Ma'rifat soati o'tkazildi.

2026-yil 3-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Buyuk shoir, davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi - ibrat maktabi" mavzusida navbatdagi ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra mudiri f.f.f.d(PhD) O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va jozibasi, latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan joy egalladi.

Alisher Navoiy o‘quvchini odamlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, solih amallarga xayrixohlik, nafsni tiyish, kambag‘allarga xayr-ehson qilish, rahmdil va shafqatli bo‘lish, doimo xalq g‘amini yeyish, ular tashvishida yashashga da’vat etar ekan, bu fazilatlar odamiylikning eng muhim sharti ekanligini ta’kidlaydi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.