April 3

Buxoro tarixiy obidalari bo'ylab sayyor dars.

2025 yil 3-aprel kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi, f.f.f.d.(PhD) D.Sh.Islomov tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich 11-3Fra-24 guruh talabalari bilan Og'zaki nutq amaliyoti fanidan sayyor dars tashkil etildi.

Buxoro shahrining diqqatga sazovor manzillari bo'ylab o'tkazilgan sayyor dars davomida talabalarga tarixiy obidalar haqida fransuz tilida ma'lumot berish ko'nikmasi shakllantirildi. Bundan tashqari, talabalar Fransiya davlatidan tashrif buyurgan sayyohlar bilan ham tanishib, suhbatlashish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.