November 30, 2024

Formation FLE dans le cadre de la JIPF

Xalqaro fransuz tili fani o'qituvchilari kuni munosabati bilan Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi yurtimiz oliy ta'lim muassasalari kafedralarida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilar uchun 2024 yil 25-28-noyabr kunlari master-klass seminar-trening mashg'ulotlari tashkil etdi. Mazkur o'quvlar O'zbekiston Milliy universitetida har biri 9 soatni o'z ichioga olgan 2 modul asosida yuqori saviyada o'tkazildi. Unda Buxoro davlat universiteti katta o'qituvchisi, f.f.f.d.(PhD) P.R.Bobokalonov ham ishtirok etdi.

Respublikamizdagi 10 ga yaqin universitetlardan tashrif buyurgan 30 nafar ishtirokchilar 2 guruhga bo'lingan holda fransiyalik malakali mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan quyidagi mavzulardagi mashg'ulotlarda ishtirok etdilar:

- Jan Nowak, Pratiques théâtrales et formation de futurs enseignants de français
- Hugues Denisot, Enseignement du français aux enfants

Fransuz filologiyasi kafedrasi.