“Les symboles de la France” mavzusida to‘garak mashg‘uloti o'tkazildi.
2026-yilning 27-aprel sanasida Xorijiy tillar fakulteti Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi qoshida f.f.f.d (PhD), dotsent N.B.Kuldashova tomonidan tashkil etilgan “J‘aime le français” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu to‘garak mashg‘uloti “ Les symboles de la France” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotni dotsent Kuldashova Navbaxor Bobokulovna ochib berdi. Mashg‘ulot belgilangan reja asosida olib borildi. Dars boshida rahbar tomonidan mavzuning dolzarbligi va ahamiyati tushuntirib berildi. Talabalarga Fransiyaning asosiy milliy ramzlari haqida umumiy tushuncha berildi. Mashg‘ulot davomida Fransiya bayrog‘i, gerbi, madhiyasi (“La Marseillaise”), Eyfel minorasi, Marianne obrazi, gall xo‘rozi kabi ramzlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Talabalarga mavzu bo‘yicha slaydlar, rasmlar va videomateriallar orqali tushuntirish ishlari olib borildi. Bu esa mashg‘ulotning yanada qiziqarli va samarali o‘tishiga xizmat qildi.Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini fransuz tilida bayon etdilar, savol-javoblar o‘tkazildi hamda kichik guruhlarda ishlash tashkil qilindi. Mashg‘ulot interfaol usullarda olib borildi. Talabalar mavzu bo‘yicha o‘z taqdimotlarini namoyish etdilar hamda Fransiya madaniyati va ramzlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berdilar.