Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi bilan hamkorlik doirasida sayyor dars tashkil etildi.
2026-yil 13-yanvar kuni Fransuz filologiyasi kafedrasi doktoranti (DSc), Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Islomov Dilshod Shomurodovich tomonidan Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi bilan hamkorlikni davom ettirish maqsadida Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish ixtisosligi MR1-25 guruh talabalari bilan “Les types de tourisme”, “Les monuments historiques de Boukhara” mavzularida Buxoroning eski shahar qismidagi tarixiy obidalarga sayyor dars tashkil qilindi.
Sayyor dars mobaynida mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlar fransuz va o‘zbek tillarida D.Sh.Islomov tomonidan talabalarga tushuntirib berildi. Ta’kidlash lozimki, Buxorodagi Labi Hovuz majmuasiga tashrif davomida oʻqituvchi tomonidan qiziqarli ma’lumotlar, rivoyatlar, fransuz va oʻzbek tillaridagi ma’lumotlar master-klass, debat, noananaviy metodlar tarzida talabalarga tushuntirib berildi va savol-javoblar talabalar oʻrtasida musoboqalar tashkil qilindi. Oʻylaymizki, bunday sayyor darslarning boʻlajak turizm mutaxassislari bilan olib borilishi ularning kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishida oʻzining ijobiy natijasini ko’rsatadi.