"L'écologie - est le plus grand problème global du monde" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida 2025 yil 27-fevral sanasida Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Rustamova F.I. tomonidan 11-3INGIMK-23 guruh talabalari bilan Ikkinchi chet tili fanidan " L'écologie — est le plus grand problème global du monde " mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars davomida butun dunyoda global muammo bo‘lgan ekologiyaning buzilishi va bunga sabab bo‘lgan omillar haqida fikr yuritildi. Global muammo – ozon qatlamini himoya qilish barchamiz uchun oldimizdagi nihoyatda muhim boʻlgan vazifa ekanligi, ushbu vazifani ortga surish, befarqlik yoki uni shu bugun amalga oshirmaslik ona sayyoramizni halokatga mahkum etish bilan barobarligi talabalarga ta’kidlab o‘tildi.
Mavzu bo'yicha asosiy ma'lumotlar taqdimot ko'rinishida til o'rganuvchilarga tushuntirildi, darslik, doska bilan ishlandi. Fan yuzasidan kerakli adabiyotlar tavsiya qilindi. Mashg'ulot so‘ngida "Qui est habile" o‘yini tashkil etilib, talabalar faolligi yanada oshirildi.
Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari N.N.Abdullayeva, Sh.D.Xolova, L.B.Ikromova, N.I.Xayatova ishtirok etib, dars yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.