Konstitutsiya kuni tadbiri o'tkazildi.
2025-yil 11-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan "Konstitutsiya - inson huquqlari kafolati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari L.B.Ikromova hamda F.I.Rustamova ishtitok etdi.
Har bir davlatning o‘z Konstitutsiyasida bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, shu yurtining hech bir aholisi ularsiz yashay olmaydi, negaki insonning har kuni duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan bosh g‘oyalar, qoidalar va moddalarga bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 25 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdagi nutqida “Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda”, deya Konstitutsiyaning mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyatini alohida e’tirof etgan.