“FRANÇAIS INTELLIGENTS” fan to‘garagi 2024-2025 o‘quv yilida o‘z faoliyatini boshladi.
2024-yilning 13-sentabr sanasida Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. PhD G.S.Hojiyeva tomonidan 11-9ing-23 guruhi talabalari ishtirokida «L’introduction. Les sons nasaux. L’orphographie et l’orphoépie» mavzusida to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg’ulot jarayonida talabalarga dastlab fransuz tili alifbosi, tovushlar tizimi, unli, undosh va burun tovushlari orfoepiyasi xususida alohida tushuntirish berildi.
Shundan so’ng, talabalar tovushlar talaffuzini o‘zlashtirib, o‘zlari mustaqil transkripsiyalarni amalga oshirdilar.
To’garak jarayonida turli audio va tarqatma materiallar orqali til o’rganuvchilarning gapirish, eshitib tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari rivojlantirildi. Mashg‘ulotda “Brise-glace”, “Tezkor savol-javob” interfaol metodlaridan foydalanildi. Ushbu mashg‘ulot fransuz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganishni boshlagan talabalar uchun juda foydali va samarali bo‘lib, ularning eshitish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
“Français intelligents” (“Zukko fransuzlar”) to‘garagi o‘z faoliyatini har oyda bir marta til bilishning xalqaro talablari asosida olib bormoqda.