February 17

Axborot resurs markazida sayyor dars.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi N.N.Abdullayeva tomonidan 2025 yil 17-fevral sanasida Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 11-2FRA-24 guruh talabalari bilan Amaliy grammatika va fonetika fanidan Buxoro davlat universitetining Axborot resurs markazida sayyor dars tashkil etildi.

Talabalar shaharning yetakchi kutubxonalaridan biri hisoblanmish ushbu markazga tashrif buyurib, fransuz tili va adabiyotini chuqur o‘rganish uchun mavjud resurslarni o‘rganishdi. Ekskursiya kutubxonaning tuzilishi, uning fondlari bilan tanishish, nodir nashrlar saqlanadigan ixtisoslashtirilgan bo‘limlar haqidagi hikoyadan boshlandi.

Fransuz tilidagi tadqiqotlarga bag‘ishlangan bo‘limlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar o‘z o‘quv faniga oid mavzularni samarali o‘rganish imkonini beruvchi elektron resurslar va ma’lumotlar bazalari bilan tanishtirildi.

Kutubxonachi kerakli adabiyotlarni topish va arxivlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatlar berdi. Ekskursiya o‘quvchilarning bilim ufqlarini kengaytirib, fransuz tilining adabiy va leksik xususiyatlarini anglashda foydali bo‘ldi.

Mashg'ulot so‘ngida talabalar maroqli va mazmunli tashrif uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Bu tashrif nafaqat ma’rifiy, balki ilhomlantiruvchi tajriba bo‘lib, ularni fransuz madaniyati va adabiyotini yanada chuqurroq o‘rganishga undadi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.