October 2
Pedagogik amaliyot qizg'in davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi tomonidan belgilangan reja asosida Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili)ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-1,2,3Fra-22 guruh talabalari joylardagi o'rta umumta'lim maktablarida pedagogik amaliyot o'tamoqdalar.
Amaliyot jarayonlari kafedra professor-o'qituvchilari rahbarligi, nazorati ostida samarali tashkil etilmoqda. Talabalar maktabda biriktirilgan ustozlar darslarini tahlil qilib, kerakli me'yoriy hujjatlarni yuritishni, ko'rgazma qurollari va tarqatma materiallar tayyorlab, mashg'ulotlar sifatini oshirish bo'yicha bilimlarga ega bo'lmoqdalar.