December 13, 2024

"Approches de l'enseignement des langues aujourd’hui" mavzusida ochiq dars.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Ikromova L.B. tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi IV-bosqich 11-2FRA-21 guruh talabalari bilan Chet tili o’qitishning integrallashgan kursi fanidan "Approches de l'enseignement des langues aujourd’hui" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Mazkur dars mobaynida talabalar turli madaniyatlardagi mavjud ijtimoy mavqe va rollar haqida qizg'in bahs yuritdilar. Darsni “Brise-glace” metodidan foydalangan holda boshlandi. Talabalar tomonidan haftalik yangiliklar aytib o’tildi. Mazkur dars davomida chet tilini o’qitishdagi yondashuvlar haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, dars mobaynida turli xil interfaol o’yinlardan keng foydalanildi. Mavzuga doir turli video va audio materiallardan unumli foydalanilgan holda mavzu yoritib berildi. Dars jarayonida talabalar ikki guruhlarga bo’linib musobaqa tarzda o’tkazildi. Dars vaqtida, to’rtta (lire, écouter, parler, écrire )til ko’nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasidan f.f.f.d.(PhD) M.X.Jabbarova, N.I.Xayatova, , F.I.Rustamova kabi professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.