March 12

"Kitob - Ma'naviyatga eltuvchi yo'l" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. 

2025 yil 11-mart kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Kitob - Ma'naviyatga eltuvchi yo'l" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra professor-o'qituvchilari o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

"Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.