Malakaviy amaliyot Sitorai Mohi Xossa bo'ylab davom etdi.
2025-yilning 11-iyun kuni Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-4GHTF-22 guruh talabalari Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi N.I.Hayatova rahbarligida Buxoro shahridagi tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishish, o‘z sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida Mohi Xossa saroyiga malakaviy amaliyot doirasida tashrif buyurishdi. Amaliyotning asosiy maqsadi talabalarning nazariy bilimlarini real hayotiy muhitda sinovdan o‘tkazish, tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va uni qadrlashga undashdan iborat.
Tashrif davomida talabalar Mohi Xossa saroyining tarixiy arxitekturasi, qurilish uslubi, bezak san'ati va undagi madaniy qadriyatlar bilan tanishdilar. Saroy XIX asr oxirida Buxoro amirlaridan biri — Amir Abdulahadxon tomonidan qurilgan bo‘lib, u Buxoro xonligining boy tarixidan dalolat beruvchi muhim obidalar qatoriga kiradi. Talabalar saroyning asosiy zallari, ichki hovli va ayvonlari, shuningdek, u yerda saqlanayotgan tarixiy buyumlarni ko‘zdan kechirishdi.
Amaliyot davomida talabalar ilmiy kuzatuvlar olib bordilar, tarixiy ma’lumotlarni yig‘ishdi va bu asosda o‘zlarining tahliliy fikrlarini shakllantirishdi. Dastur yakunida talabalar amaliyot yuzasidan individual hisobot tayyorlashdi va o‘z fikr-mulohazalarini guruh oldida taqdim etdilar. Mazkur malakaviy amaliyot talabalarga nafaqat o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy bilimlarni chuqurlashtirish, balki milliy madaniy merosga nisbatan hurmat va e’tiborni oshirish imkonini berdi. Tashrif davomida olingan bilimlar talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishga, mustaqil izlanish olib borishga katta turtki bo‘ldi.