"Filolog faoliyatining asosiy yo'nalishlari" mavzusida masterklass dars mashg'uloti o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida 2024 yil 25-sentyabr kuni f.f.d.(DSc) dotsent M.H.Xamidova tomonidan Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan "Filolog faoliyatining asosiy yo'nalishlari" mavzusida 10-1INL-24, 10-1NEM-24, 10-1 INA-24, 10-1FRA-24, 10-1QL-24 guruhlarida masterklass darsi tashkil etildi.
Talabalarga filologik tadqiqotlarning asosiy yònalishlari haqida ma'lumotlar berildi. Magistrlarni qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Filologiya — gumanitar fanlar — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya va boshqa larning hamkorligidan tarkib topgan umumiy fan; yozma yodgorliklarni lisoniy va stilistik jihatdan taxlil etish orqali inson maʼnaviy madaniyatining tarixi va mohiyatini oʻrganadi. Oʻz ichki masalalari va tashqi aloqalari yigʻindisidan iborat boʻlgan matn filologiyaning mavjudligini belgilovchi ilk asos hisoblanadi. Asosiy diqqat eʼtiborni matnga qaratish, unga yordamchi sharxlar yaratish (filol. asarlarning eng qad. shakli) orqali filologiya ayni shu nuqtai nazar asosida inson turmushini, eng avvalo, maʼnaviy turmushini butun kengligi va teranligi bilan qamrab oladi. Filologiya yozuv madaniyati nisbatan yuksalgan davrda paydo boʻlgan.