January 17
"Outils technologiques pour l'enseignement et l'apprentissage du FLS" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Hayatova Nigina Ikromjonovna tomonidan 2025 yil 14-yanvar kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti(ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-7TNA-22 guruh talabalari bilan Ikkinchi chet tili nazariyasi fanidan "Outils technologiques pour l'enseignement et l'apprentissage du FLS" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.
Seminar mashg'ulot hisoblangan ushbu dars davomida guruh talabalari belgilangan mavzular yuzasidan taqdimotlar tayyorlab, tushuntirib berdilar. Dars qizg'in savol-javoblar, bahs-munozaralarga boy bo'ldi.