April 12

Fransuz filologiyasi kafedrasida Ma'rifat darslari davom etmoqda.

2025-yil 11-aprel sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d(DSc) M.H.Xamidova tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish(ingliz tili)ta'lim yo'nalishi 2-bosqich 11-5,6,9,10Ing-23 guruhlari talabalari bilan navbatdagi Ma'rifat darsi o'tkazildi.

Ma'rifat darsida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31-mart kuni Xo‘jand shahrida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uch tomonlama uchrashuvi, hamda uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida imzolangan shartnoma barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga, butun mintaqaning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilishi to‘g‘risida fikrlar almashildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.