January 27

Ma'rifat soati o'tkazildi

2026-yil 27-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Maromiylik" loyihasi doirasida "To'y marosimlarda isrofgarchilikni kamaytitish" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda kafedra mudiri f.f.f.d(PhD) O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mahallada yashovchi faollar to‘y, marosim va ma’rakalar tashkil qilish va o‘tkazishda maslahat markazi va nazorat qiluvchi birinchi bo‘g‘in hisoblanadi. O‘zbek oilalari (ayniqsa, shaharlarda), odatda, mahallada yoki qishloqda obro‘-e’tiborli, oqilu fozil kishilarni, mediator kayvoniy, ya’ni «o‘rtada vakil» bo‘lib turishi milliy mental odat hisoblanadi. Bunday hollarda mahalla oqsoqolining o‘zi obro‘li shaxslardan faol bo‘lishni iltimos qilgan, ya’ni «o‘rtada vakil» bo‘lib turgan. Hozirda shaharlar, qishloqlar va ovullarda biror bir marosimni mahalla oqsoqoli ya’ni raisining ishtirokisiz o‘tmaydi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.