Malakaviy amaliyotlar samarali davom etmoqda.
2025-yil 19-iyun kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 2-bosqich 11-3FRA-23 va Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati(fransuz tili) 11-6 GHTF-23 guruh talabalari Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchilari Radjabov Ruslan va To’yboyeva Shaxnoza rahbarligida Buxoro shahrining diqqatga sazovor manzillari bo'ylab malakaviy amaliyotni davom ettirdilar.
Dastlab talabalar Labi Hovuz ansamblida joylashgan ko'hna obidalar: Ko’kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi va xonaqohlari bilan tanishishdi. Keyin Buxoroning qadimgi savdo rastalari joylashgan Savdo toqlari va karvonsaroylar bo’ylab harakatlandilar. Bu joylar orqali talabalar Buxoro tarixining turli davrlari, siyosiy hayoti, harbiy tashkiloti va madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.