Ma'rifat soati o'tkazildi.
2026-yil 6-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" mavzusida navbatdagi ma'rifat soati o'tkazildi.
Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis hamda O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi o'rganilib, unda mahallaning jamiyatimizdagi ahamiyati haqidagi fikrlar e'tirof etildi: "Albatta, bugungi murakkab zamonda yoshlarimizni turli sinovlarga chidamli, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash, xalqimizni yanada birlashtirish va jipslashtirishda, hech shubhasiz, o‘zini o‘zi boshqarishning noyob tizimi bo‘lgan mahallaning o‘rni va ahamiyati katta. Mahalla va yaxshi qo‘shnichilik o‘zaro uyg‘un qadriyatlardir. Ular jamiyatda insoniy va ijtimoiy kapitalni yanada boyitishga beqiyos hissa qo‘shadi. Mamlakatimizda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etganlarning 90 foizdan ko‘prog‘i o‘zini mahalla jamoasining bir qismi deb hisoblashi ham shundan dalolat beradi. Barchamiz uchun ham ota, ham ona bo‘lgan mahallaga, shu asosda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usining yuqoriligi ushbu institut avvalo ijtimoiy birdamlik manbai ekanini ko‘rsatadi. Albatta, biz uchun hozirgi global taraqqiyot davrida, dunyoda o‘ta keskin va tahlikali jarayonlar yuz berayotgan bugungi kunda milliy birlik nihoyatda muhim va zarur".