Today

"Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.

2025-yil 2-sentyabr sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi. Unda Xorijiy tillar fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.A.Jumayev, kafedra mudiri, f.f.f.d(PhD), dotsent O.O.Bobokalonov hamda professor-o'qituvchilar o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma’naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega.

Bugun hayot yangicha fikrlash va ishlash, milliy “aql markazlari”mizni shakllantirishni talab etmoqda. Afsuski, atrofimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta’sirchan tilda yetkazib beradigan tahlilchi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatimizni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Shu ma’noda, Ma’naviyat va ma’rifat, “Taraqqiyot strategiyasi”, Islom sivilizatsiyasi markazlari, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy “aql markazlari”ga aylanishi kerakligi ta’kidlandi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.