May 2

Fransuz filologiyasi kafedrasi tomonidan "Kafedra kunlari" o'tkazildi.

2025-yil 1-may sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida "Milliy-ma'naviy hamda umuminsoniy qadriyatlar" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Xorijiy tillar fakulteti Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari A.A.Jumayev, Fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri f.f.f.d.(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari: f.f.d.(DSc) O.I.Adizova, f.f.d.(DSc) M.H.Xamidova, f.f.f.d(PhD) dotsent N.B.Kuldashova, f.f.f.d.(PhD) dotsent M.M.Jo'rayeva, Sh.R.To'yboyeva va Sh.D.Xolova ishtirok etishdi. Tadbir davomida tajribali ustozlar tomonidan talabalar yashash sharoitlari o'rganildi, ularga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. Shuningdek, iqtidorli talabalar Teatr studiyasi a'zolari tomonidan sahnalashtirilgan spektakl tomoshasi barchaga o'zgacha zavq ulashdi. Bundan tashqari, fransuz tilida aytilgan she'r va masallar, jonli ijro etilgan qo'shiqlar yig'ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.