February 7

O’zbekiston – Malayziya diplomatik aloqalari – tinchlik va ijtimoiy farovonlik poydevori.

2025 yil 7-fevral kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida “O’zbekiston – Malayziya diplomatik aloqalari – tinchlik va ijtimoiy farovonlik poydevori” mavzusida siyosiy–ma’rifat soati tashkil etildi.

Siyosiy – ma’rifat soati dastlab kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD) O.O.Bobokalonovning kirish so’zi bilan boshlandi. Shundan so'ng, kafedra professor-o'qituvchilari, jumladan, f.f.d.(DSc) M.H.Xamidova, f.f.d.(DSc) O.I.Adizova Presidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tinchlik va xalq farovonligi yo’lida olib borayotgan odil siyosati, shuningdek ilm-fan va ta’lim sohasida chiqarilayotgan qaror va farmonlarning izchilligi, yoshlar intellektualligini boyitish yo’lidagi sayi harakatlari, bu kabi odil siyosat biz kabi pedagoglarga yanada ulkan mas’uliyat hissini oshirishini ta’kidlab o’tdi.

Davra suhbati davomida O'zbekiston-Malayziya munosabatlari mavzusida tayyorlangan videorolik tomosha qilib, fikr almashildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.