« La vie et l’activité littéraire de Voltaire » mavzusida ochiq dars.
2024 yil 5-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan III-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1FRA-22, 11-2FRA-22, 11-3FRA-22 guruh talabalari bilan Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti fanidan ’’La vie et l’activité littéraire de Voltaire’’ mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Talabalarga mavzu haqida, Volterning hayoti, adabiy faoliyati, asarlari haqida batafsil ma’lumot berib o’tildi.
Dars davomida CEFR talabi bo’yicha barcha - eshitish, gapirish, yozish va o‘qish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e'tibor berildi. Dars davomida tashkil etilgan savol va javoblar talabalarning o’z fikrini erkin ifodalashlariga yordam berdi. Mashg’ulot jarayonida video va audio materiallaridan tashkil topgan slaydlardan unumli foydalanildi.
Mavzuni yoritishda foydalanilgan ko‘rgazmali vositalarning to‘g‘ri tanlanganligini alohida ta'kidlash lozim. Shu bilan birga darsda vaqt taqsimoti to‘g‘ri belgilandi va undan samarali foydalanildi. Dars davomida bir nechta interfaol metodlardan, jumladan, “Kichik guruhlarda ishlash”, Tezkor savol-javob, Aralash, “Brise-glace”, Travail en groupe metodlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn o‘yinlardan, tarqatma va ko‘rgazmali vositalardan foydalanildi. O‘qituvchi darsni reja asosida o‘tkazdi. Tili o’rganilayotgan mamlakat adabiyoti darsi samarali o'tkazildi.
Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari, O.I.Adizova, M.X.Xamidova, L.B.Ikromova,Sh.D. Xolova, D.B.Narzullayevalar ochiq darsga ishtirok etib, mashg’ulot haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.