February 17

Maktablar bilan hamkorlik samarali davom etmoqda.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari Sh.D.Xolova, L.B.Ikromova, Sh.R.To'yboyeva hamda N.I.Hayatova 2025 yil 14-fevral sanasida Vobkent tumanida joylashgan 21-sonli o'rta umumta'lim maktabida bo'lishdi.

Tashrif davomida 14-fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Bobur - adolatli shoh va buyuk shoir" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabning 6-sinf o'quvchilari ijrosida sho'x kuy-qo'shiqlar ijro etildi, g'azal va ruboiylar ifodali o'qildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur hayotning og‘ir sinovlarini boshidan kechirganida endigina 12 yoshda edi. Shu yoshida taxtga chiqish, davlatni boshqarish, xalqni adolat bilan idora qilib, mamlakat sarhadlarini g‘animlardan himoya qilish…

O‘shanda Movarounnahr ijtimoiy hayoti va siyosiy ichki nizolar girdobiga tushib qolgan, Sohibqiron Amir Temur barpo etgan davlat tanazzulga yuz tutgan, temuriy vorislar mamlakatni parokanda holatga keltirib qo‘ygan edi. Bobur shunday bir paytda Andijonda turib, Samarqandga ko‘p bora intiladi. Uning niyati bobosi Amir Temur saltanati sohibi bo‘lish edi. Va ikki bora Samarqandni egallaydi, bu voqealar 1498- va 1500-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu orada Movarounnahr hududiga Shayboniyxon xurujlari avj oladi, birin-ketin temuriyzodalar qo‘l ostidagi hududlar mahv etila boshlaydi. Bobur ilojsiz ahvolda ona yurtini tark aylashga majbur bo‘ladi. 1504-yilda avval Hisor, keyin Kobulga yo‘l oladi. U kelajak taqdirini ayni shu mintaqalardan izlaydi, bu esa oson kechmaydi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda maktab rahbariyati, ona tili va adabiyoti hamda fransuz tili fani o'qituvchilari, sinf rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Tadbir so'ngida faol va a'lo baholarga o'qiyotgan talabalar rag'batlantirildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.