« Mèmes et images virales... » mavzusida ochiq dars o‘tkazildi
2024 yil 19-dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi N.N.Abdullayeva tomonidan Ijtimoiy tarmoq tili fanidan 11-3 FRA 23 guruhi bilan birgalikda ochiq amaliy mashg‘ulot darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulot mavzusi « Mèmes et images virales : Partage de mèmes, de photos ou d'images populaires pour communiquer des idées ou des sentiments de manière humoristique ou satirique » (« Mem va giflar: g‘oyalar yoki his-tuyg‘ularni hazil yoki satirik tarzda yetkazish uchun mashhur memlar, fotosuratlar yoki tasvirlarni almashish ») bo‘lib, o‘qituvchi mashg‘ulot davomida talabalar bilan birgalikda mavzu mohiyatini mavzu doirasida tanlangan materiallar yordamida ochib berdi. Jumladan, mem va uning mohiyatiga doir video tomosha qilindi, nashrdan chiqarilgan memlarga ularga mos keladigan ibora va dialoglarni moslashtirish va aksincha, ibora va dialoglarga mos keladigan memlarni izlab topish kabilar talabalar tomonidan qiziqish bilan bajarildi va taqdimot qilindi.
Dars jarayonida rolli va imitatsion o‘yinlar kabi ta’lim texnologiyalari bilan bir qatorda Wordwall platformasidagi onlayn o‘yindan ham samarali foydalanildi.
Mashg’ulotni kafedraning qator professor-o‘qituvchilari tahlil qilishdi.