November 1

"Description des vacances, voyages, villes" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.R.To’yboyeva tomonidan 2025-yil 1-noyabr kuni Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) taʼlim yoʼnalishi 2-bosqich 11-1Fra-24 guruhida Og'zaki nutq amaliyoti fanidan "Description des vacances, voyages, villes. Exprimer vos pensées sur les vacances. Parlez de voyages. Décrire les villes." mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

O'tilgan mavzularni mustahkamlovchi qiziqarli savol-javoblar bilan boshlangan dars talabalar olgan bilimlarini amalda sinab ko'rish imkonini berdi. Ochiq dars davomida talabalarning og’zaki nutqini rivojlantirish maqsadida belgilangan mavzu yuzasidan bir qator amaliy mashg'ulotlar bajarildi. Individual shug’ullanish orqali ishtirokchilar yangi so'z va iboralarning nutqda ifodalanishi, ular ishtirokida jumlalar va situativ dialoglar noan’anaviy mashg’ulotning asosiy qismiga aylandi. Audiomaterial orqali tinglab tushunish rivojlantirildi. Tarqatma meriallar va ko’rgazmali qurollar dars mavzusiga mos tanlangan.

Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchilari f.f.f.d(PhD), N.B.Kuldashova, R.R.Radjabov, Sh.D.Xolova, D.B.Narzullayeva hamda magistrantlar ishtirok etishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.