January 12
"Le loisir. Les sorties culturelles" mavzusida sayyor dars o'tkazildi.Â
2025 yil 10-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi N.I.Hayatova tomonidan IV-bosqich Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-4TNA-21 guruh talabalari bilan 5 tashabbus doirasida Buxoro kinoteatrida "Le loisir. Les sorties culturelles" mavzusida sayyor dars tashkil qilindi.
Tashrif davomida talabalar kinoteatr faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Belgilangan mavzu bo'yicha fransuz tilida fikr almashish uchun amaliy bilim va boy tajribaga ega bo'ldilar. Madaniy hordiq chiqarish uchun mo'ljallangan bu kabi manzillar shahrimiz aholisi va mehmonlar uchun sevimli maskan bo'lib qolishi ta'kidlandi.