Metodik tajriba almashish - taraqqiyot poydevori.
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida Fransiya davlatidan yurtimizga ilmiy-metodik tajriba almashish maqsadida tashrif buyurgan, bir necha yillik pedagogik tajribaga ega Nadia Talata xonim iliq kutib olindi.
Fransuz tilida so‘z boyligini oshirish, so‘zlashuv malakasini mustahkamlash, chet tilini o'qitish metodlarini sinab ko‘rish maqsadida Fransiyadan malakali pedagog Nadia Talata xonim Filologiya va tillarni o'qitish(fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-2fra-21 guruhi bilan dars paytida Jeux de rôles metodidan foydalanagan holda talabalarga turli xil mashqlarni o’rgatdi.
Talabalar avval butun bir guruh bo‘lib, keyin esa 2ta talabadan iborat mashqlarni bajardilar. Har bir talaba bugungi darsda o‘rgangan metodlarining foydasi haqida fikr bildirishdilar. Dars juda ajoyib va quvnoq tarzda o’tdi. Barcha talabalar juda mamnun bo’ldilar.