"Le mot, la notion et la signification" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Lingvistika (Fransuz tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Boboqulova Madina Shohmansur qizi tomonidan 2025-yil 27-mart kuni Filologiya va tillarni oʻqitish (fransuz tili) taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich 11-2 FRA 22 guruh talabalari bilan Leksikologiya fanidan "Le mot, la notion et la signification" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Ochiq dars davomida chet tilini oʻrganishda muhim boʻlgan, compréhension orale, compréhension écrite, production orale et production écrite kompetensiyalaridan foydalanildi va turli interfaol mashqlar yordamida mavzu keng yoritib berildi. Dars davomida talabalar yangi bilim va koʻnikmalarini egallashdi.Fransuz tiliga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi.Guruhda sogʻlom raqobat muhiti yaratildi. Yoʻl qoʻyilgan xatolar tekshirib tushuntirildi, tuzatildi.
Magistrning ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi prpfessorlari f.f.d.(DSc)Adizova Obodon Istamovna, f.f.d.(DSc)Xamidova Muborak Hafizovna, f.f.f.d.(PhD) M.M.Jo'rayeva, f.f.f.d.(PhD) P.R.Bobokalonov, Abdullayeva N.N. hamda Sayfullayev B.N. ishtirok etishdi.