Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari rahbarligidagi Pedagogik amaliyot davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishidagi 4-bosqich talabalari Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari - f.f.f.d.(PhD) dotsent Jo'rayeva M.M., Xolova Sh.D., Abdullayeva N.N. hamda Tairova M.X. lar rahbarligida 11-1,2,3,4FRA-21 guruh talabalari oliygohda olgan nazariy bilimlarini hududlarda o'rta umumta'lim maktablarida amaliyotga tatbiq etmoqdalar.
Pedagogik mamaliyot davrida talabalar maktablarda faoliyat ko'rsatayotgan fransuz tili fani metodbirlashma a'zolari bilan yaqindan tanishib, ularning darslarini tahlil qildilar, 45 daqiqali mashg'ulot vaqtini to'g'ri taqsimlash, darsning barcha bosqichlariga rioya qilish ko'nikmasiga ega bo'ldilar. Bundan tashqari, boshlang'ich sinflardan boshlab, dars mashg'ulotlarini ustozlar nazoratida olib borish, bunda turli interfaol usullar, ta'limiy o'yinlar, tarqatma materiallar va elektron manbalardan foydalanish yuzasidan zarur tavsiyalarni olgan holda, oliy ta'limning ushbu muhim davrini samarali o'tkazmoqdalar.