Labi-Hovuzda sayyor dars.
2025 yil 4-mart kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Majidova Laziza Baxtiryorovna tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-13Ing-23 guruhi talabalari uchun Buxoro shahrining diqqatga sazovor maskanlaridan biri bo'lgan Labi Hovuz majmuasida sayyor dars tashkil etildi.
Labi Hovuz — Buxoro shahrining markaziy maydonlaridan biri, 16—17-asrlarda qurilgan meʼmoriy ansambl. Hudud Ko’kaldosh madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi va Nodir devonbegi xonaqohi binolaridan tashkil topgan. Ansamblning oʻlchamlari taxminan 150 dan 200 metrga teng.
O’rta asrlarda Labihovuz gavjum savdo maydoni boʻlgan, bunga savdo gumbazlari (ulardan biri maydondan 200 m masofada joylashgan) asosiy savdo koʻchasiga yaqinligi va odamlarning haddan tashqari gavjumligi sabab boʻlgan.