Yesterday

“La littérature française du XVIIIe siècle. Les Lumières” mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi R.R.Radjabov tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) ta’lim yo’nalishi III-bosqich 11-1FRA-22 guruhida 2024 yil 11-dekabr kuni Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti fanidan “La littérature française du XVIII siècle. Les Lumières” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars tahlilida Fransuz filologiyasi kafedrasi professori f.f.d.(DSc) O.I Adizova, M.X.Tairova, f.f.f.d.(PhD) dotsent N.B.Qo‘ldosheva, f.f.f.d.(PhD) dotsent M.M. Jo‘rayeva, Sh.R.To‘yboyeva, Sh.D.Xolova, f.f.f.d.(PhD) D.Sh.Islomov kabi professor-o’qituvchilar hamda bir qator magistrantlar ishtirok etishdi.

Dars davomida kichik guruhda ishlash, savol-javob, tarqatma va ko’rgazmali vositalardan foydalanish, darsga doir video rolik ko’rsatish orqali talabalar faolligi oshirildi. Yangi mavzu yuzasidan talabalar fikrlari tinglandi.
Mavzu bo’yicha talabalar tomonidan fransuz va o’zbek shoir va yozuvchilari haqida topqirlik o‘yini o‘tkazildi. Uyga vazifa berildi, talabalar baholandi va dars yakunlandi. Dars so’ngida kafedra o’qituvchisi Sh.D.Xolova va qolgan professor-o’qituvchilar dars haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar .

Fransuz filologiyasi kafedrasi.