November 5

’’Faol fransuzlar’’ (Français énergiques) to’garagi faoliyatini davom ettirmoqda

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan III-bosqich Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-6Ghtf-23 guruh talabalari bilan 2025-yil 31-oktabr kuni « Faol fransuzlar » (Français énérgiques) to’garagi o’z faoliyatini davom ettirdi.

« Les problèmes de la jeunesse » mavzusida talabalar bilan amaliy mashg’ulot darsi olib borildi. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.( O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BМТ Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan).

Hozirgi kunda yoshlarning jamiyatda tutgan o’rni, ularning muammolari haqida talabalarga to’liq ma’lumot berib o’tildi. Bugungi kunda dunyoda yoshlar muammosi alohida e’tibortalab mavzu. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 15 dan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hamon ishsizlik va qashshoqlik qarshisida sarsondirlar. Ayni damda yoshlar Yer yuzi aholisining taxminan 20 foizini tashkil qiladi. Bu 1 milliard 200 million kishi, yoki mehnatga yaroqli aholining 24 foizi demakdir.

Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xaqlaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.