December 7

« Faol fransuzlar » (Français énérgiques) to‘garagi faoliyati davom etmoqda.

2024 yil 6-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Fransuz filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi f.f.f.d.(PhD) Jabbarova Maloxat Xamdamovna tomonidan III-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1FRA-22, 11-2FRA-22, 11-3FRA-22 guruh talabalari bilan "Faol fransuzlar" (Français énérgiques) to’garagining navbatdagi mashg'uloti tashkil etildi.

Talabalar bilan « Le Louvre est le plus célèbre musée du monde », « Tachkent – la ville capitale » mavzularida suhbat olib borildi. M.X.Jabbarova va guruh talabalaridan M.Maxmudova, D.Narzullayeva, D.Ergashova, Z.Adizova, G.G’aybulloyeva, S.Nasulloyeva, J.Usmonova, Z. Amrilloyevalar mavzu haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Luvr  - jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur meʼmoriy yodgorlik - sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. Louvre fondini sobiq qirollik toʻplami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan toʻplamlari tashkil qildi; Napoleon yurishlarida qoʻlga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, koʻplab hadya qilingan sanʼat asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 boʻlimdan iborat: tasviriy va amaliy sanʼat, qaykaltaroshlik (oʻrta asrlar, Uygʻonish davri, keyingi davr), Yunon va Rim yodgorliklari, Kad. Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari. Bular orasida Sharq yodgorliklari dunyo boʻyicha muhim ahamiyatga ega; fransuz sanʼati (ayniqsa, kartinalar galereyasi) juda mukammal. Louvreda jahonga mashhur (Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubens va boshqalar) nodir sanʼat asarlari toʻplangan. Muzey ekspozitsiyasi xronologik tartibda va milliy maktablar tarzida, hadya etilgan yirik xususiy toʻplamlar alohida joylashtirilgan.

Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.To’garak talabalarga katta taassurot qoldirdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.