Sayyor darslar davom etmoqda.
2026-yil 13-mart kuni Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi doktoranti (DSc), filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Islomov Dilshod Shomurodovich hamda G'aniyev Fazliddin Zoirovich tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 11-1Ing-23 va 11-17Ing-24 guruh talabalari bilan Ikkinchi chet tili ( fransuz tili) fanidan “La mode”, “Le 8 mars – La journée internationale des femmes” mavzularida Buxoro shahridagi “Istehza” nomli fransuz madaniy markazi hamda eski shahar qismidagi tarixiy obidalarga sayyor dars tashkil qilindi.
Sayyor dars mobaynida F.Z.G'aniyev hamda D.Sh.Islomov tomonidan talabalarga mavzu yuzasidan fransuz va o‘zbek tillaridagi kerakli ma’lumotlar debat, seminar trening tarzida tushuntirib berildi. Mavzularni mustahkamlash maqsadida talabalar o‘rtasida savol-javob, turli o‘yinlar tashkil qilindi. Oʻylaymizki, bunday sayyor darslarning boʻlajak til mutaxassislari bilan olib borilishi ularning kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishida oʻzining ijobiy natijasini ko‘rsatadi.