March 11

"Les amis de Nikos Kazantzaki" to'garagining navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi.

2026-yil 11-mart kuni Buxoro davlat universiteti Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi professori f.f.d(DSc) R.R.Bobokalonov tomonidan "Les amis de Nikos Kazantzaki" xalqaro to'garagining navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi. Société internationale des amis de Nikos Kazantzaki" xalqaro tashkilotining a'zolari: janob Georges Stassinakis hamda Katerina xonim ishtirokida Zoom platformasida tashkil etilgan master-klass mashg'uloti tadbir ishtirokchilari va to'garak a'zolari bo'lgan talabalar uchun kerakli ma'lumotlarga boy bo'ldi.

Nikos Kazantzakis Do‘stlari Xalqaro Jamiyati (SIANK) 1988-yilda Jeneva shahrida Eleni Kazantzakis va Giorgos Anemogiannis tomonidan tashkil etilgan. Bu – yunonistonlik yozuvchi Nikos Kazantzakisning ijodi va falsafiy qarashlarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan notijorat madaniy uyushmadir. Jamiyat dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida minglab a’zolarga ega bo‘lib, uning faol Fransiya bo‘limi ham mavjud. Ushbu tashkilotning maqsadlari quyidagilardan iborat: Nikos Kazantzakis (1883–1957) ijodini targ‘ib qilish; yozuvchining asarlari va hayotiga oid hujjatlarni tarqatish; «Yunon Zorbasi» (“Zorba le Grec”) asari muallifini keng jamoatchilikka tanitish maqsadida ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar va film namoyishlari kabi tadbirlarni tashkil etish.

1990-yilda tashkil etilgan Nikos Kazantzakis Do‘stlari Xalqaro Jamiyatining Fransiya bo‘limi Parij shahrining 18-okrugida, 85 rue Lepic manzilida joylashgan madaniy va dam olish yo‘nalishidagi uyushmadir. Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi yunon yozuvchisi Nikos Kazantzakisning hayoti va ijodini targ‘ib qilishdan iborat. Bu maqsad turli madaniy tadbirlar — konferensiyalar, adabiy o‘qishlar, ko‘rgazmalar va film namoyishlari orqali amalga oshiriladi; har yili «Le Regard crétois» (“Kretaga nigoh”) nomli jurnalni nashr etadi; shuningdek, «Synthesis» nomli har chorakda chiqadigan axborot byulletenini ham chop etadi. Fransiya bo‘limi o‘z a’zolari uchun muntazam ravishda turli tadbirlarni tashkil etadi. Jumladan: muzeylarga gid hamrohligida tashriflar, adabiy o‘qish kechalari, yozuvchilar bilan uchrashuvlar.

Ushbu tashkilot dunyoning turli nuqtalarida to'garaklar tashkil etgan. O'zbekistonda esa, bunday to'garak Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d.(DSc) R.R.Bobokalonov tashabbusi bilan Buxoro davlat universitetidagina mavjud bo'lib, u bir necha yillardan beri samarali faoliyat olib bormoqda.

Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi.