Yesterday

Kitoblar olamida sayyor dars.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Majidova Laziza Baxtiyorovna tomonidan Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich 11-14Ing-23 guruhida 2025-yil 11-noyabr Bookhara books kitoblar olamida Ikkinchi chet tili fanidan sayyor dars tashkil etildi.

Fransuz tilini o‘rganishda kitoblarning roli ayniqsa katta. Fransuzcha adabiyot, maqolalar, hikoyalar va darsliklarni o‘qish orqali talaba: so‘z boyligini kengaytiradi, grammatikani tabiiy usulda o‘zlashtiradi, talaffuz va yozma nutqni takomillashtiradi, fransuz madaniyati, tarixiy shaxslari va urf-odatlari bilan tanishadi. Fransuz tilida asar o‘qish – bu tilni nafaqat o‘rganish, balki uni his qilish demakdir. Shuning uchun har bir talaba o‘z darajasiga mos fransuzcha kitoblarni muntazam o‘qib borishi kerak. Kitob bilan ishlash til o‘rganishni yanada samarali, qiziqarli va ijodiy jarayonga aylantiradi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.